So`ngi yangiliklar
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
Opta analitik platformasi superkompyuteri o‘tkazgan navbatdagi simulyatsiya natijalariga ko‘ra, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida bir qator terma jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimoli baholandi va ular orasida asosiy favoritlar shakllantirildi.
Futbol tahlillari bilan shug‘ullanuvchi Opta kompaniyasining superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionatida qaysi terma jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyati yuqoriroq ekani bo‘yicha o‘z hisob-kitob natijalarini taqdim etdi.
Simulyatsiya va tahliliy modellar natijasiga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi bo‘lajak mundialning eng asosiy da’vogari sifatida ko‘rsatilmoqda. Ularning chempion bo‘lish ehtimoli 17 foiz deb baholangan.
Reytingdagi ikkinchi pog‘onani Fransiya egalladi — 14,1 foiz. Uchinchi o‘rinda esa Angliya jamoasi bo‘lib, ularning g‘alaba qozonish ehtimoli 11,8 foizni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, ayrim jamoalarning chempionlikka deyarli imkoniyati yo‘qligi ham qayd etilgan. Opta prognozida Iordaniya, Kyurasao va Gaiti eng asosiy autsayderlar sifatida ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, Ispaniya guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni hamda Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot o‘rnida: ayni paytda amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi. Fransiya esa 2018 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan, 2022 yilgi musobaqada esa ikkinchi o‘rinni egallagan.