Qidirish

14:55 / 2026-01-20 124 0 Biznes

“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi

“Namangan toʻqimachi cluster” korxonasi yuqori talabga ega boʻlgan paxta linti mahsulotini belgilangan grafik asosida birja savdolariga qoʻymagani sababli Raqobat qoʻmitasi tomonidan javobgarlikka tortildi.

world-news

Birja savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun “Namangan toʻqimachi cluster” MCHJga nisbatan chora qoʻllanildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan monitoring tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvlarda “Namangan toʻqimachi cluster” MCHJ tomonidan paxta toʻqimachilik klaster korxonasiga yuklangan majburiyatlar bajarilmagani, yaʼni yuqori likvidli paxta linti mahsuloti belgilangan grafikda nazarda tutilgan muddat va hajmlarda birja savdolariga qoʻyilmagani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlarga muvofiq, Maxsus komissiya tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi yuzasidan mazkur klaster korxonaga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanilgan.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish