Qidirish

16:20 / 2026-01-19 150 0 Texno

Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi

Ushbu qurilma yordamida taxminan 24 ming tonna koʻmir tejaladi, bu esa uglerod gaz chiqindilarini qariyb 64 ming tonnaga kamaytiradi.

world-news

Dunyoda ilk bor quvvati 20 MVt boʻlgan dengiz shamol elektr generatori Xitoyning sharqiy Fuszyan provinsiyasi sohillari yaqinida oʻrnatildi.

Hisob-kitoblarga koʻra, u elektr tarmogʻiga ulangandan soʻng yiliga 80 mln kVt.soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi va taxminan 44 mingta xonadonning yillik elektr ehtiyojini taʼminlaydi. Ushbu qurilma yordamida taxminan 24 ming tonna koʻmir tejaladi, bu esa uglerod gaz chiqindilarini qariyb 64 ming tonnaga kamaytiradi.

Ushbu qudratli uskuna China Three Gorges Corporation (CTG) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, uning asosiy komponentlari Xitoyda loyihalangan va ishlab chiqarilgan.

Rotor diametri 300 metrni tashkil etadi, uning qamrov maydoni esa deyarli 10 ta standart futbol maydoniga teng. Uchta parrakning har birining uzunligi 147 metr. Montaj ishlari davomida ular 174 metr balandlikka asta-sekin koʻtarilib, aniqlik bilan ustunga ulangan. Buning uchun qurilish jamoasi yuk koʻtarish quvvati 2 000 tonna boʻlgan, shamol energetik uskunalarini oʻrnatishga moʻljallangan 4-avlod maxsus kemasidan foydalangan.

Izohlar 0

Fikr bildirish