So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Hayvon ham bunchalik xoʻrlanmaydi – Oqqoʻrgʻondagi zoʻravonlik haqida ochiqlanmagan faktlar…
Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi zoʻravonlik qurboni 23 yoshli kelin. Uning oʻlimi qanday yuz berdi? Effect.uz muxbiri Shahlo Rahmon fojia ortidan jurnalistik surishtiruv oʻtkazdi.
Maʼlumki, yanvar oyida Oqqoʻrgʻonda turmush oʻrtogʻi, qaynonasi va ovsini tomonidan kaltaklangani aytilgan 23 yoshli kelinning dahshatli oʻlimi haqida xabar tarqaldi.
Sodir boʻlgan holat boʻyicha gumonlanuvchi 37 yoshli erkak IIO tomonidan ushlangan, holat ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, ammo natijasi jamoatchilikka maʼlum qilinmagan.
Effect.uzʻga maʼlum boʻlishicha, mazkur shaxs ruhiy kasalliklar shifoxonasida saqlanmoqda. Marhumaning yaqinlari zoʻravonning shifoxonaga joylashtirilishini javobgarlikdan qochish deb hisoblamoqda.
Erkak bir emas naqd 4-marta turmush qurgan, jumladan uning birinchi turmush oʻrtogʻi (Oʻ.T.) bunday holat avval ham sodir boʻlganligi, zoʻravon bundan avval yashagan ayollariga nisbatan oʻta ogʻir shikast yetkazgan. Hatto oilaviy zoʻravonlik holati boʻyicha sudlangan.
“Qizimning orzulari koʻp edi, u advokat boʻlishni istagan. Qizim oʻlimidan oldin akasi bilan 47 soniya gaplashdi. Oʻshanda qizim akasiga: 3 kishi boʻlib meni urishyapti, degan. Bolamni ahvolini koʻrib qoʻrqib ketganman, chunki hayvonni ham bunchalik urushmaydi”, deydi marhuma Sh.U.ning onasi.