Qidirish

15:18 / 2025-11-24 4684 10 Maqolalar

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan avstraliyalik kompaniya atrofidagi tanqidlarga izoh berildi

Avstraliyalik fuqaro Devid Kemeronning EFFECT.Uz tahririyatiga yo‘llagan murojaatida yurtimizda faoliyat yuritayotgan X CONNECTION MEDIA PTY LTD kompaniyasi haqidagi ayrim tanqid va iddaolarga oydinlik kiritildi.

world-news

Avstraliyalik fuqaro Devid Kemeronning EFFECT.Uz tahririyatiga yo‘llagan murojaatida yurtimizda faoliyat yuritayotgan X CONNECTION MEDIA PTY LTD kompaniyasi haqidagi ayrim tanqid va iddaolarga oydinlik kiritildi.

Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya faoliyati “piramida”ga qiyoslanib, unga nisbatan turli tanqidlar bildirilgan. Biroq Kemeron bu fikrlarni rad etar ekan, kompaniyaning ustav kapitali 6 million dollardan oshiq bo‘lgan, ko‘p tarmoqli yirik tashkilot ekanini ta’kidladi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, kompaniya bugungi kunda uchta yo‘nalish bo‘yicha ish olib boradi:

1.                     X Connection Media Ltd (XCM): Kompaniya ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama xizmatlarini ko‘rsatadi. Blogerlar va kontent yaratuvchilar bilan shartnoma asosida ishlab, ularning auditoriyasini kengaytirishga ko‘maklashadi. Bir qator vazifalarni bajarish orqali xodimlarga komissiya to‘lanishi qayd etilgan.

2.                     Knight Gold Forex (KFTP): Kemeron Knight Gold Forex platformasini kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tilga oldi. Platforma oltin va valyuta bozorida intellektual savdo texnologiyalarini taklif qiladi. Unga ko‘ra, maxsus bilimga ega bo‘lish talab qilinmaydi — signallarga amal qilish orqali daromad olish mumkin.

3.                     XCM savdo platformasi: Bu yo‘nalish chakana savdo sohasida alternativ model sifatida taklif etilayotgani aytildi. Kichik kapital bilan mahalliy bizneslar bilan hamkorlik asosida sheriklik nuqtalari orqali daromad olish mumkinligi bildirilgan.

Kemeronga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda bir yarim yildan ortiq vaqt faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, hozirgacha kompaniya bilan hamkorlik qilgan 1500 nafardan ortiq foydalanuvchi tomonidan hech qanday shikoyat kelib tushmagan.

Dunyoda birja savdolari, onlayn platformalarda faoliyat yuritish, layk va post orqali daromad topish keng tarqalayotgani ma’lum. Murojaatda ta’kidlanishicha, kompaniya bilan ishlayotgan yurtdoshlarimiz ham ana shunday yo‘l bilan foyda ko‘rmoqda.

Shuningdek, shou-biznes va sport vakillari ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun katta mablag‘ sarflashlari tilga olingan. Kemeronning aytishicha, kompaniya faoliyatiga qo‘llab-quvvatlov bildirgan mashhur sportchilar ham bor.

Murojaatda keltirilishicha, hozirgacha kompaniya faoliyati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan biror norozilik yoki shikoyat qayd etilmagan.

Kemeron kompaniyaning O‘zbekistondagi filiallari faoliyati kengayib borayotganini, a’zo bo‘lish istagidagi fuqarolar soni ham ortib borayotganini bildirgan.

Shuningdek murojaatda Knight Gold Forex (KFTP) platformasi orqali katta daromad olish mumkinligi haqida ham iddaolar keltirilgan. 10 000 dollarlik pozitsiya ochgan foydalanuvchi oyiga 5000–14 000 dollargacha daromad ko‘rishi, murakkab foiz strategiyasida esa 3 oyda 35 000–150 000 dollargacha foyda olishi mumkinligi aytilgan.

Kemeron murojaatini shunday fikr bilan yakunlaydi: “Har kuni o‘zingizdan bitta savol so‘rang — bugun kechagidan ko‘proq daromad topish imkoniyatim bormi? X CONNECTION MEDIA PTY LTD sizga bunday imkoniyatlarni taklif etadi,” deydi u.

 

 

 

Izohlar 0

Fikr bildirish