So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Hindistonning Kerala shtatida maymun chechagining yuqumlilik darajasi yuqori boʻlgan yangi shtammi qayd etildi. Olimlar kasallik insondan insonga oʻtishi va asosan xorijiy safarlar orqali kirib kelayotganini taʼkidlamoqda.
Hindistonning Kerala shtatida maymun chechagining yangi va xavfli shtammi aniqlandi. Bu haqda Navbharat Times nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan genetik tadqiqotlar ushbu shtammning xorijga safarlar bilan bogʻliq ekanini va insondan insonga oson yuqishini koʻrsatgan.
Tadqiqotlar Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi (ICMR), virusologiya instituti hamda bir qator diagnostik laboratoriyalar hamkorligida olib borilgan.
Mutaxassislar aniqlashiga koʻra, gap avval Afrikada kuzatilgan Clade Ib shtammi haqida bormoqda. U yuqori darajadagi virulentlikka ega boʻlib, tez tarqalishi bilan ajralib turadi. Tasdiqlangan 10 nafar bemorning 9 nafari avval xorijda boʻlgani maʼlum qilingan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan 30-iyuniga qadar dunyo boʻylab 79 mamlakatda 30 mingdan ortiq kasallanish holati va 119 ta oʻlim qayd etilgan. Eng koʻp holatlar Afrika davlatlarida, jumladan Kongo Demokratik Respublikasi, Uganda va Syerra-Leoneda kuzatilmoqda.
Maymun chechagi — kam uchraydigan virusli kasallik boʻlib, ayniqsa immuniteti zaif shaxslar uchun xavfli hisoblanadi. Kasallik isitma, zaharlanish, limfa tugunlarining kattalashishi va keyinchalik terida toshmalar paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladi. Yengil holatlarda kasallik 14–21 kun ichida oʻz-oʻzidan tuzalishi mumkin.