Qidirish

21:33 / 2025-12-14 55 0 Hodisalar

15 dekabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

«O‘zgidromet»ning ma’lum qilishicha, 15 dekabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida ob-havo o‘zgarib, yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

world-news

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, Toshkent shahrida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, ayrim paytlarda qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, havo harorati kechasi 1–3, kunduzi 3–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo asosan quruq bo‘lib, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi havo harorati 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, tuman ehtimoli saqlanib qoladi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatilib, ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 2–7, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Havo harorati 0–5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish