Qidirish

11:05 / 2025-12-13 25 0 Jamiyat

“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi

Hukumatning 2025 yil 10 dekabrda qabul qilingan 776-son qarori bilan “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badalini undirish va undan foydalanish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, to‘lov miqdorlari hududlar kesimida BHMga nisbatan belgilanadi va 2026 yildan bosqichma-bosqich joriy etiladi.

world-news

Hukumat qaroriga muvofiq, “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun oylik ota-onalar badali quyidagi miqdorlarda belgilandi:

2026 yil 1 yanvardan: – Toshkent shahrida — BHMning 30 foizi
– Viloyatlar markazlarida — 25 foizi
– Respublikaning qolgan tuman (shahar)lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Xorazm viloyatining Urganch shahrida — 15 foizi
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 10 foizi

2026 yil 1 sentyabrdan: – Toshkent shahrida — BHMning 60 foizi
– Viloyatlar markazlarida — 50 foizi
– Respublikaning qolgan tuman (shahar)lari, Nukus va Urganch shaharlarida — 30 foizi
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 20 foizi

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, joriy oy uchun to‘lov har oyning 10-sanasiga qadar amalga oshirilishi lozim. Sentyabr oyi uchun to‘lov esa 30-sanaga qadar to‘lanadi.

Shuningdek, quyidagi toifadagi o‘quvchilar ota-onalar badalini to‘lashdan ozod etiladi:
– “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari (ta’lim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida)
– Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o‘quvchilari
– Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar

Izohlar 0

Fikr bildirish