Qidirish

16:01 / 2025-12-12 26 0 Jamiyat

Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi

Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, bir qator xizmatlar va yirik xaridlar bo‘yicha to‘lovlar 2026 yil 1 apreldan faqat bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

world-news

“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–246-son, 10.12.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonda 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:
— yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga kamaytirish;
— savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 75 foizga yetkazish.

2026 yil 1 apreldan esa qator to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov orqali amalga oshiriladi. Ular qatoriga:
— davlat organlari xizmatlari;
— elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
— alkogol va tamaki mahsulotlari xaridlari;
— AGTKSHlarda yoqilg‘i va elektr zaryadlash xizmatlari;
— qiymati 25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar;
— ko‘chmas mulk va 10 yildan oshmagan transport vositalarini sotish-sotib olish kiradi.

Farmon naqdsiz to‘lovlar ulushini oshirish orqali iqtisodiyotdagi shaffoflikni kuchaytirishni maqsad qiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish