So`ngi yangiliklar
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Paxtachilik va g‘allachilikda intensiv texnologiyalar joriy etiladi: 2026 yil uchun yangi maqsadlar belgilandi
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Hukumat qarori bilan Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, uning maqomi, vazifalari va boshqaruv tartibi belgilab berildi.
Hukumatning 772-son qarori (06.12.2025 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi Jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq, Jamg‘armaning maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatini boshqarish tartibi aniq belgilab qo‘yildi.
Nizomga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urta jarayonlarini tashkil etish va boshqarish;
— sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ko‘rgan zararni amaldagi sug‘urta shartnomalari doirasida qoplanishini ta’minlash.
Shuningdek, Jamg‘arma o‘z vazifalarini bajarish jarayonida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
— sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish;
— vositachilar, brokerlar va sug‘urta bozoridagi boshqa professional ishtirokchilar bilan shartnoma tuzish.
Jamg‘arma faoliyati boshqaruv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.