So`ngi yangiliklar
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Paxtachilik va g‘allachilikda intensiv texnologiyalar joriy etiladi: 2026 yil uchun yangi maqsadlar belgilandi
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy bayonotiga ko‘ra, elektron retsept tizimi joriy etilishi orqali davolash xavfsizligini oshirish, shifokorlarning dori tayinlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish va kontrafakt yoki noto‘g‘ri qo‘llanilayotgan dori vositalari aylanmasini tartibga solish maqsad qilingan. Tizim 15 ta tajriba hududida joriy etilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich respublika bo‘ylab kengaytiriladi va fuqarolar xavfsizligi hamda zarur dori vositalari yetkazib berilishi kafolatlanadi.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda elektron retseptlar tizimi faol muhokama qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Qayd etilishicha, tizimning asosiy maqsadi — davolash xavfsizligini oshirish, bemorlar salomatligini himoya qilish, shifokorlarning dori tayinlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish va kontrafakt dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishdan iborat.
Hozirda “Elektron retsept” tizimi Toshkent shahri va normativ hujjatlarda belgilangan 15 ta tumanda joriy etilgan. Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘ylab kengaytirish 2026 yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, natijalar tahlil qilinib, texnik va tashkiliy muammolar inobatga olinadi.
Fuqarolar xavotirga tushmasligi kerak: favqulodda holatlarda, bolalar, keksa yoshdagi shaxslar va surunkali kasallikka chalingan bemorlar zarur dori vositalarisiz qolmaydi. Bu toifadagi bemorlar alohida nazoratda bo‘ladi.
Vazirlikda vazir rahbarligida doimiy ishchi guruh tashkil qilingan. Qayd etilishicha, ushbu guruh tizimning qo‘llanilishini monitoring qiladi, murojaatlarni ko‘rib chiqadi, poliklinikalar yuklamasini va raqamli servislarni tahlil qiladi hamda zarur bo‘lsa tezkor tuzatishlar kiritadi.
Shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan asosiy hayotiy muhim dori vositalarining bazaviy ro‘yxati shakllantirilgan va aholiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini ta’minlaydi. Ma’lum qilinishicha, ro‘yxat xalqaro amaliyot, shifokor tavsiyalari va hayotiy holatlardan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Tijorat va amaliyotdagi muammolar bo‘yicha murojaatlar uchun Toshkent va 15 ta tajriba hududida telegram @ssv_pilotbot tashkil etildi. Qayd etilishicha, barcha murojaatlar ustuvor tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilikni tizim yangilanishi va dori vositalari taqsimoti haqida muntazam xabardor qilib boradi.