So`ngi yangiliklar
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Paxtachilik va g‘allachilikda intensiv texnologiyalar joriy etiladi: 2026 yil uchun yangi maqsadlar belgilandi
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2020–2025 yillar davomida mamlakatda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish keskin oshdi va yuqori natijalar qayd etgan yoshlar soni rekord darajaga yetdi.
Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi va AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi”da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarga yetgan.
Ayniqsa, eng yuqori – 8,5–9 ball (C2 daraja) to‘plaganlar soni 2020 yilga nisbatan 47 barobarga oshgan. Bugungi kunda IELTS'dan maksimal 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarni tashkil etmoqda.
Mutaxassislar bu o‘sishni o‘quv markazlari faol faoliyati, ta’lim sifati oshishi va yoshlar o‘rtasida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqish ortishi bilan izohlamoqda.