So`ngi yangiliklar
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
Toshkentda havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida minglab obyektlarda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonda 11 oyda 465 kishi pora berish jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etildi
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
Respublikada chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi bo‘lgan qariyb 205 ming abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklandi. Yangi tartib 1 iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklarga 5 noyabrdan qo‘llanmoqda.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi bor abonentlarning elektr to‘lovlari vaqtincha cheklangan. Bu cheklov qarzdorlik bartaraf etilganda darhol bekor qilinadi.
Hozirda respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy debitor qarzdorlik 18,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Yangi tartib 1 iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklar uchun 5 noyabrdan qo‘llanib boshlangan, 2025 yil 30 iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq qilinmaydi.
Bugungacha respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan 20,1 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun 231 014 ta abonent SMS orqali ogohlantirildi. Abonentlarga qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muddat berilgan va shu davrda 9,4 mlrd so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan.
6 dekabr holatiga ko‘ra, qarzdorligi bartaraf etilmagan 204 895 abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklangan.
Agentlik aholiga chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga oid taklif va shikoyatlarni “1205” qisqa raqami orqali 24/7 murojaat qilish imkoniyati borligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, chiqindini to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomini kuchaytirishga oid qonun 2025 yil 7 martda qabul qilingan. Qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqami orqali SMS xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma qabul qilinganidan so‘ng 5 kun muddatda qarzdorlik bartaraf etilishi kerak. 2026 yil 1 yanvardan esa chiqindilar uchun uyma-uy yurib to‘lov undirish amaliyoti to‘xtatilishi rejalashtirilgan.