So`ngi yangiliklar
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
Toshkentda havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida minglab obyektlarda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonda 11 oyda 465 kishi pora berish jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etildi
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkentda havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida minglab obyektlarda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda
Ekopolitsiya va bir qator huquq-tartibot idoralari ishtirokida tashkil etilgan keng qamrovli reydlar davomida Toshkent shahri va viloyatida jami 3 mingdan ortiq obyektning faoliyati o‘rganilib, yuzlab qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan manbalarni aniqlash va ularning ta’sirini kamaytirish maqsadida Ekopolitsiya tomonidan izchil reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Qisqa vaqt ichida minglab obyektlar tekshirilib, qonunchilik talablariga amal qilinishi batafsil o‘rganilmoqda.
9 dekabr kuni Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari hamda poytaxt hududida navbatdagi reydlarni amalga oshirdi.
Bu kungi tekshiruvlar doirasida 3 222 ta obyektning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qoidalarga rioya etish holati o‘rganildi. Tekshirish natijasida 24 ta huquqbuzarlik holati qayd etildi.
25 noyabrdan 9 dekabrga qadar o‘tkazilgan keng qamrovli o‘rganishlar quyidagi natijalarni ko‘rsatdi:
— 895 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ular bo‘yicha ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi;
— ekologik me’yorlarni buzgan 75 ta obyekt (Toshkent viloyatida — 66 ta, Toshkent shahrida — 9 ta) faoliyati 10 ish kuniga vaqtinchalik to‘xtatildi;
— 37 ta issiqxonada havoni tozalash uchun filtrlar o‘rnatildi;
— 6 ta issiqxona gaz tarmog‘iga ulandi, yana 7 ta issiqxona texnik shart olish uchun ariza taqdim etdi.
Ekopolitsiya va tegishli idoralar atmosfera havosini muhofaza qilish, ifloslanish manbalarini qisqartirish hamda qonun talablarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha reyd tadbirlarini davom ettirmoqda.