So`ngi yangiliklar
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Bulung‘urda qariyb 500 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi
Toshkentda Pahlavon Mahmud va Elbek ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich quriladi
Margʻilonda aholiga sotilgan arzon uylar: imtiyozmi yoki tuzoq?
“Effect.uz”da “Margʻilon hokimi xalqdan yuz oʻgirdimi?” sarlavhasi bilan tarqalgan murojaat katta muhokamalarga sabab boʻldi.
Videomurojaatda bir guruh fuqarolar “Turon” mahallasi, “Yangi Fargʻona” koʻchasi, 93-uy manzilida qurilgan 4 ta koʻp qavatli uylar narxi oshirilgani va boshqa masalalar yuzasidan norozilik bildirgan.
Fuqarolarning aytishicha, ular bu masala yuzasidan bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan, ammo qoniqarli javob ololmagan. Margʻilon hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Hokimlik pozitsiyasi: “Narxlar qonun doirasida belgilangan”
Margʻilon shahar hokimi Shukurullo Nisbatxonov murojaatchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun ishchi guruh bilan birga masala joyiga bordi. Hokimlikka koʻra, uylar Prezidentning 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni asosida qurilgan. 168 xonadondan iborat 4 ta koʻp qavatli uy “Oʻzshahar qurilish invest” buyurtmasi va “Margʻilon ixtisoslashtirilgan taʼmir-qurilish” MCHJ pudrati asosida bunyod etilgan.
Hujjatlarga koʻra, uy narxi har bir kvadrat metr uchun 4 mln 585 ming 911 soʻm qilib belgilangan va bu raqam 2020-yil 24-yanvarda “Oʻzshahar qurilish invest”ning rasmiy xatida qayd etilgan.
Ipoteka kreditlari va norozilik sababi
Bu uylarni sotib olish uchun fuqarolarga viloyat Ipoteka banki orqali kreditlar ajratilgan. Prezident qarorlariga asosan, kredit shartlari quyidagicha belgilangan:
1-yillik imtiyozli davr (faqat 7% foiz toʻlanadi),
2-yildan 9% foiz,
3-yildan 11%,
4-yildan 13%,
5-yildan boshlab esa Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 20-yilgacha toʻlov.
Hokimlik maʼlumot berishicha, bu tartiblar har bir fuqaroga tushuntirilgan va uylar faqat ariza hamda rozilik asosida berilgan.
Biroq murojaatchilarning eʼtirozi shundaki: uylar “imtiyozli” deyilgani bilan narxi oddiy tijorat uylariga nisbatan ancha qimmat tushgan. Ular kredit foizlarining ortib borishi ortidan qarzlarni uzish qiyinlashib, bugungi kunda imkoniyatlari cheklanayotganini taʼkidlashgan.
Qabul masalasi: “Hokim bilan uchrashish oson emas”
Videomurojaatda fuqarolar shahar hokimi bilan uchrasha olmayotganini ham bildirishdi. Shahar hokimligi esa aksincha, 19-sentyabr kuni murojaatchilarga qabul vaqti belgilangani, ular telefon orqali ogohlantirilgani, ammo qabulga kelmaganini aytadi.
Savollar hali ham koʻp…
Hokimlik barcha ishlar qonun asosida amalga oshirilganini aytayotgan boʻlsa-da, fuqarolar narxlar va kredit shartlarida adolatsizlik borligini taʼkidlashmoqda. Ular uy smeta narxlarini qayta koʻrib chiqishni talab qilmoqda.
Bu vaziyatda esa asosiy savol ochiq qolmoqda:
— Agar uylar haqiqatan ham “imtiyozli” boʻlsa, nima uchun odamlar qarzni toʻlay olmayapti?
— Hokimlik aytgan “asossiz tashviqot” ortida xalqning haqiqiy dardi yotgan boʻlsa-chi?
— Va eng muhimi: kimning gapi haqiqat — hokimliknikimi yoki fuqarolarniki?
Aynan shu savollarga aniq va shaffof javob boʻlmaguncha, Margʻilondagi uylar atrofidagi bahslar toʻxtamaydi.