So`ngi yangiliklar
15 dekabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
«Ayollar ovozi: zo‘ravonlikdan reabilitatsiyagacha» nomli tadqiqot 867 nafar zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qamrab olib, ularga nisbatan zo‘ravonlik shakllari, ruhiy oqibatlari va mavjud himoya mexanizmlarining samaradorligini tahlil qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ko‘pincha takrorlanuvchi va ko‘p qirrali muammo hisoblanadi. Ayollarning 69 foizi himoya orderi olishdan oldin uzoq vaqt zo‘ravonlikka chidab kelgan, 70 foizdan ortig‘i esa muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchraganini bildirgan. Shuningdek, 22,9 foiz holatda hayotga tahdid — pichoq, o‘qtalishi yoki o‘ldirishga urinish sodir bo‘lgan, qariyb 20 foiz ayol esa muntazam jinsiy majburlanishni boshdan kechirgan.
Ruhiy salomatlikqa ta’siri ham og‘ir bo‘lib, ayollarning qariyb to‘rtdan uch qismi so‘nggi oyda stress, asabiylashish yoki tushkunlik holatlarini boshdan kechirgan, har beshinchi ayol esa o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylagan. Bolalar masalasiga ko‘ra, ayollarning 63 foizi farzandlari kamida bir marta zo‘ravonlikka guvoh bo‘lganini ma’lum qilgan.
Iqtisodiy mustaqillik ham muammo bo‘lib, ayollarning to‘rtdan bir qismi daromad manbaiga ega emas, har uchinchi ayol esa o‘z daromadidan mustaqil foydalanmaydi. Shu bilan birga, himoya tizimi — himoya orderlari, tibbiy yordam va reabilitatsiya markazlari ayollar tomonidan ijobiy baholangan, ko‘pchilikda zo‘ravonlik to‘xtagan yoki kamaygan.
Hisobotda ijtimoiy me’yorlar va oiladagi gender ziddiyatlari ham qayd etilgan: zo‘ravonlikka uchragan ayollarning 27 foizi oiladagi qarashlar ayollarning aybdorligiga ishora qilishini bildirgan.
Tadqiqot ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning keng tarqalgani va ijtimoiy himoya mexanizmlarining ahamiyatini yaqqol ko‘rsatdi.