So`ngi yangiliklar
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Hukumatning 10 dekabrda qabul qilingan qarori bilan ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish bosqichlari, talab va tartiblari huquqiy jihatdan aniq belgilab qo‘yildi.
Vazirlar Mahkamasining 778-son qarori bilan “Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom davlat qo‘riqxonalarining bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomnik, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, shuningdek, tog‘li va cho‘l hududlarida turistik so‘qmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, balansda saqlovchi turistik so‘qmoqni tashkil etish uchun Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga so‘qmoq to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, xarita, foto va video materiallar ilova qilinadi.
Hududiy bo‘linma arizani 10 ish kunida ko‘rib chiqadi, so‘qmoqning talablarga javob berishini joyiga chiqib o‘rganadi va ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi. Shundan so‘ng hujjatlar Turizm qo‘mitasiga yuboriladi va qo‘mita ularni 2 ish kunida ko‘rib chiqib, turistik so‘qmoqni Turistik so‘qmoqlarning yagona reyestriga kiritadi.
Reyestrga kiritilgan so‘qmoq rasman tashkil etilgan hisoblanadi. Balansda saqlovchi esa 1 oy ichida so‘qmoqning kirish nuqtasiga pasport, xarita va zarur axborot belgilarini o‘rnatishi shart.