Qidirish

15:15 / 2025-12-12 33 0 Jamiyat

Paxtachilik va g‘allachilikda intensiv texnologiyalar joriy etiladi: 2026 yil uchun yangi maqsadlar belgilandi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yildan boshlab paxta va g‘alla yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishish maqsadida intensiv agrotexnologiyalar keng joriy etiladi hamda fermerlar uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar mexanizmi takomillashtiriladi.

world-news

“Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–370-son, 09.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgiladi:
— zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng tatbiq etish orqali paxta hosildorligini gektariga 50 sentnerdan oshirish, g‘alla hosildorligini esa 100 sentnerga yetkazish;
— ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analariga tayanadigan yangi tizim orqali paxtachilik samaradorligini oshirish.

2026 yil hosilidan boshlab quyidagi tartiblar joriy etiladi:
— tuproqning bonitet ballari asosida me’yoriy hosildorlikka 0,7 koeffitsiyentni qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Unda 0,6 koeffitsiyentdan ortiq qism uchun likvid garov talab etiladi;
— paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlar, jumladan plyonka va tomizg‘ichli shlanglar xaridi imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. Kreditlar har yili yanvar–avgust oylarida tijorat banklari orqali beriladi;
— yil davomida imtiyozli kredit limitining kamida 50 foizidan foydalangan fermer xo‘jaliklariga sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish