So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
“Alliance Motors” ishi: MCHJ direktori qochib ketgan, taʼsischisi qamoqda farzand koʻrgan
Toshkentdagi “Alliance Motors” avtosaloni ishi boʻyicha sud majlisi boshlangan, jabrlanuvchilar suddan adolat qaror topishini talab qilmoqda.
Yodingizda boʻlsa, Effect.uz oktyabr oyida “Alliance Motors” avtosalonidan jabrlangan fuqarolarning murojaatini yoritgan edi. Oʻshanda bir qator jabrlanganlar Bosh prokuratura binosiga borishgan.
Maʼlumot oʻrnida, “Alliance Motors” MCHJ mansabdorlari fuqarolarning 46 mlrd soʻm pullarini oʻzlashtirganlikda gumonlanmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 9 kishi qamoqqa olingan, xususan MJCH taʼsischisi Shahzoda Narziyeva (qamoqqa olingan va sudga farzandli boʻlgani munosabati bilan olib kelinmayapti).
MCHJ direktori Davlatbek Narziyev esa katta ehtimol bilan Oʻzbekistondan Gruziyaga chiqib ketgan. 129 kishi jabrlangan mazkur ish 5-fevral kuni Yashnobod tuman sudida sudya Baxtiyor Alimov raisligida koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
EFFECT.UZ voqealar rivojini yoritib boradi.