So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
AQSH prezidenti tomonidan yaqin orada insoniyat tarixida beqiyos ahamiyatga ega bayonot eʼlon qilinishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp insoniyat tarixida eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Star nashri hujjatli filmlar rejissyori Mark Kristofer Liga tayanilgan holda xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, AQSH rahbari odamzot tarixida ilk bor oʻzga sayyora mavjudotlari bilan aloqa oʻrnatilganini rasman eʼlon qilishi mumkin.
Ushbu bayonot 2026-yil yozida AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati davrida yangrashi kutilmoqda.
Lining taʼkidlashicha, Donald Tramp mazkur chiqish uchun nutqni allaqachon tayyorlab qoʻygan boʻlib, u insoniyat taqdirini tubdan oʻzgartirishi mumkin.
Nashrda qayd etilishicha, ehtimoliy bayonot 1947-yilda sodir boʻlgan mashhur Rozuell voqeasidan roppa-rosa 79-yil oʻtgach eʼlon qilinishi mumkin.
Oʻsha paytda AQSH armiyasi Nyu-Meksiko shtatida uchuvchi disk topilgani haqida rasmiy axborot tarqatgan edi. Ammo koʻp oʻtmay bu maʼlumot rad etilgan va halokatga uchragan jism oddiy meteorologik zond boʻlgani aytilgan.