Qidirish

15:46 / 2026-01-16 284 0 Siyosat

Baydenning oʻgʻli qamalishi mumkin

Xanter Bayden oʻz zimmasiga qoʻyilgan majburiyatni bajarmay, qizi bilan mutlaqo aloqani uzganligi aytilmoqda.

world-news

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden aliment toʻlamagani tufayli qamalishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashrning maʼlum qilishicha, 2018-yilda Baydenning nikohdan tashqari farzandi dunyoga kelgan. Xanter Bayden avval bu iddaoni rad etgan, ammo 2019-yil noyabrda oʻtkazilgan DNK testi u farzandning otasi ekanini tasdiqladi.

Sud qaroriga koʻra, Xanter har oy aliment toʻlashi, yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplashi va Robertsning sud xarajatlarini toʻlashi kerak edi.

Lekin u oʻz zimmasiga qoʻyilgan majburiyatni bajarmay qoʻygan va qizi bilan aloqani uzgan. Lunden Roberts seshanba kuni sudga murojaat qilib, Baydenni hibsga olishni soʻradi.

Maʼlumot oʻrnida, Xanter Bayden birinchi xotini Ketlin Byul bilan 1993-yilda turmush qurgan, ularning uch nafar farzandi bor va 2017-yil ajrashgan. Keyinchalik u Melissa Koenga uylangan va hozirda ularning bir nafar oʻgʻil farzandi bor.

Izohlar 0

Fikr bildirish