So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Venesuela muxolifati yetakchisi oʻz Nobel mukofotini Trampga topshirdi
AQSH poytaxtida boʻlib oʻtgan uchrashuv Venesuela siyosati atrofida yangi bahslarga sabab boʻldi. Mariya Machado Donald Tramp bilan muloqot chogʻida ramziy qadamga qoʻl urganini maʼlum qildi.
Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Machado payshanba kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida AQSH prezidenti Donald Trampga Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti medalini topshirdi.
«Menimcha, bugun biz, venesuelaliklar uchun tarixiy kun», — dedi Machado Tramp bilan boʻlib oʻtgan ilk shaxsiy uchrashuvidan soʻng.
Eʼtiborli tomoni shundaki, Machado oʻzini 2024-yil prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan deb hisoblaydi. Saylovdan 2-yil oʻtib, Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qoʻlga olingach, Mariyada yana prezident boʻlish umidi paydo boʻlgandi. Biroq Tramp Machadoni emas, vitse-prezident boʻlgan va hozirda davlat rahbari vazifasini bajarayotgan Delsi Rodrigesni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Oq uydan chiqqanidan soʻng, Machado darvoza oldida toʻplangan tarafdorlariga ispan tilida “Biz prezident Trampga ishona olamiz”, — degan.
Shuningdek, Machado ingliz tilida:
«Men AQSH prezidentiga Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti medalini topshirdim», — deya taʼkidlagan.
Ayni paytda AQSH prezidenti mukofotni rasman qabul qilgan-qilmagani aniq emas. Nobel mukofotini olish istagi haqida bir necha bor gapirgan Donald Tramp, ilgari bu mukofot Machadoga berilganidan norozilik bildirgan edi.