So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
AQSH Venesuelada neft obyektlarini himoya qilish uchun maxsus elita jangchilarini jalb qilmoqchi
AQSH maʼmuriyati Venesuelada amerikalik harbiylarni joylashtirish oʻrniga mamlakatning neft va energetika infratuzilmasini himoya qilish uchun xususiy harbiy kompaniyalarni jalb etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
AQSH Venesuelada amerikalik harbiylarni joylashtirish oʻrniga energetika va neft infratuzilmasini qoʻriqlash uchun xususiy harbiy kompaniyalar xizmatidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Telekanal maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Venesueladagi neft va energetika obyektlarini himoya qilish maqsadida amerikalik harbiylar emas, balki xususiy harbiy kompaniyalarni jalb etishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Venesuela neft infratuzilmasini kartellar va boshqa tahdidlardan himoya qilish masalasi hozircha muhokamalarning dastlabki bosqichida ekaniga qaramasdan, ayrim kompaniyalar bu ishga daʼvogar sifatida oʻz nomzodlarini faol ilgari surmoqda.
Qayd etilishicha, Iroq urushi davrida Vashington xususiy harbiy kompaniyalar xizmatlari uchun 138 milliard dollar sarflagan. Hozircha Venesuelada energetik aktivlarni qoʻriqlash bilan aynan qaysi tashkilot shugʻullanishi aniq emas.
Biroq vaziyatdan xabardor manbaning CNNʼga maʼlum qilishicha, bu vazifa uchun kurashda bir nechta yetakchi nomzodlar mavjud. Ulardan biri — «Grey Bull Rescue Foundation» tashkiloti boʻlib, u AQSH maxsus kuchlari sobiq harbiylaridan iborat.
Ushbu guruh oʻtgan yili venesuela oppozitsiyasi vakili Korina Machadoni mamlakatdan olib chiqish operatsiyasini amalga oshirgan.
Xorijiy investitsiyalar qaytayapti va bu sodir boʻlganida, ularni himoya qilish uchun “Dengiz mushuklari”, “Yashil beretlar” va boshqa elita jangchilari jalb etiladi. Venesuelada ham vaziyat taxminan shu tarzda boʻladi, — dedi “Grey Bull” asoschisi Brayan Stern.