So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
“Grenlandiya bu — xalqniki” — Yevrokomissiya raisi Trampga ishora qildi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Grenlandiya masalasida qatʼiy pozitsiyani bildirib, orol taqdiri tashqi bosimlarsiz hal qilinishi kerakligini aytdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Grenlandiya oroliga koʻz “olaytirib” turgan bir vaqtda, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen orol kimga tegishli ekanligini aniq aytdi.
«Eng avvalo, Grenlandiya bu — xalqniki. Shu sababli Daniya va Grenlandiyaga oid masalalar boʻyicha qaror qabul qilish huquqi faqat Daniya va Grenlandiyaning oʻziga tegishli.
Biz Daniya hukumati bilan doimiy aloqadamiz, shu jumladan grenlandiyaliklarning ehtiyojlarini tushunish va ular bilan yaqin hamkorlik qilish bizning asosiy maqsadimiz», — dedi fon der Lyayen.
AQSH prezidenti Donald Tramp bir necha bor orol AQSH tarkibiga qoʻshilishi kerakligini yashirmayapti. Daniya va Grenlandiya hukumatlari AQSHni orolni egallab olishdan ogohlantirib, oʻz hududiy yaxlitliklariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni kutmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlari esa yanvar oyida AQSH tomonidan Grenlandiyaga nisbatan bildirilgan tahdidlar real tus olgan taqdirda qanday javob choralari koʻrilishi mumkinligini muhokama qilgan.
Maʼlumot uchun, Grenlandiya 1953-yilga qadar Daniyaning mustamlakasi boʻlgan. Hozirda u qirollik tarkibida qolmoqda, biroq 2009-yildan buyon avtonomiya maqomiga ega boʻlib, ichki siyosat masalalarida oʻzini oʻzi boshqarish va mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega.