So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Ilon Maskning mashuqasi milliarderga tegishli kompaniyani sudga berdi
Ilon Mask bilan bogʻliq navbatdagi mojaro sud zaliga koʻchdi — uning farzandlaridan birining onasi Grok neyrotarmoq faoliyati yuzasidan daʼvo bilan murojaat qildi.
Milliarder Ilon Maskning farzandlaridan birining onasi Eshli Sent-Kler tadbirkorga tegishli “xAI” kompaniyasini sudga berdi.
Uning daʼvo qilishicha, kompaniya ishlab chiqqan “Grok” neyrotarmogʻi orqali uning ishtirokida soxta, ochiq-sahnadagi tasvirlar yaratilib tarqatilgan.
NBC News telekanalining maʼlum qilishicha, Eshli Sent-Kler “xAI” kompaniyasini beeʼtiborlikda ayblab, korxona ustidan shikoyat arizasini kiritgan.
Uning taʼkidlashicha, Grok foydalanuvchilarga uning surati asosida yasama, shaʼniga putur yetkazuvchi tasvirlar yaratish imkonini bergan va shikoyatlardan keyin ham bunday holatlarni yetarlicha cheklamagan. Bu esa unga kuchli ruhiy zarar yetkazgan.
Ushbu daʼvo oxirgi haftalarda “Grok” atrofida yuzaga kelgan mojarolar fonida berilgan. Neyrotarmoq ayrim holatlarda suratlardan kiyimni “olib tashlash” orqali jinsiy mazmundagi tasvirlar yaratayotgani uchun tanqidga uchramoqda.
Grok tomonidan pornografik kontent yaratilishi bir qator davlatlarda norozilikka sabab boʻlgan. Xususan, Indoneziya va Malayziyada chat-bot vaqtincha bloklangan.
Shuningdek, Yevropa komissiyasi Grok faoliyati Yevropa Ittifoqi hududida toʻgʻrilanmasa, X platformasiga nisbatan choralar koʻrilishi mumkinligini ogohlantirgan.