So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreya sobiq prezidenti oʻlim jazosiga hukm qilinishi mumkin
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Seok Yol ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va mamlakatda noqonuniy harbiy holat eʼlon qilgani uchun oʻlim jazosiga yoki umrbod qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
Seshanba kuni Seul sudi Yun Seok Yolga qarshi qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tomonlarning yakuniy soʻzlarini tingladi.
Sudda maxsus prokurorlar uning niyatlari zoʻravonlik xarakteridan kam boʻlmaganini taʼkidlab, agarda Yun Seok Yol boʻyniga qoʻyilgan ayblovlar isbotini topsa, suddan unga nisbatan oʻlim jazosini tayinlashni soʻrashgan.
Sobiq prezident esa barcha ayblovlarni rad etmoqda. Uning aytishicha, harbiy holat joriy etish ramziy xarakterga ega boʻlgan va muxolifat tomonidan sodir etilayotgan suiisteʼmollarga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadini koʻzlangan.
Isyonga rahbarlik qilish — Yunga qoʻyilgan eng ogʻir ayblov boʻlib, u oʻlim jazosi yoki umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi.
Voqea tafsilotiga keladigan boʻlsak, 2024-yil dekabr oyi boshida bor-yoʻgʻi bir necha kun ichida Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyat keskin oʻzgardi.
Dastlab, Yun Seok Yol harbiy holat joriy etgan, keyin parlament bu qarorni bloklagan. Shundan soʻng parlamentda koʻpchilikni tashkil etgan muxolifat deputatlari prezidentga nisbatan impichment eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini kiritgan. Keyinchalik Yun hibsga olinib, sud oldiga olib kelingan.
Maʼlumot uchun, Janubiy Koreyada soʻnggi qariyb 30-yil davomida oʻlim jazolari ijro etilmagan. 1996-yilda sobiq harbiy diktator Chon Du Xvan 1979-yilda harbiy toʻntarish orqali hokimiyatni qoʻlga kiritgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilingan, ammo keyinchalik uning jazosi umrbod qamoqqa almashtirilgan.