So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
2026-yil boshiga kelib qurilish sohasida yirik soliq qarziga ega korxonalar soni keskin ortgan.
2026-yil 1-yanvar holatiga soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori boʻlgan qurilish korxonalari 1 243 taga yetdi, ularning jami qarzi 1,3 trln soʻmni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Soliq qoʻmitasi.
Qayd etilishicha, 1,3 trln soʻmdan, 522,5 mlrd soʻmi, yaʼni 38,7 foizi soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.
Qurilish sohasida soliq qarzi eng yuqori boʻlgan korxonalar roʻyxatida “Tash Building” MCHJ 107 mlrd soʻm qarz bilan birinchi oʻrinni egalladi. Undan keyin “Koʻprikqurilish” AJ (81,9 mlrd soʻm) va “Azia Invest Favorit” MCHJ (73,7 mlrd soʻm) turibdi.

Roʻyxatning keyingi oʻrinlarida “Avtosanoat-injiniring” MCHJ (63,4 mlrd soʻm), “Taʻmirlash qurish servis” MCHJ (50,4 mlrd soʻm) va “Yorqin sadaf fasli” MCHJ (40,8 mlrd soʻm) joy olgan.
Shuningdek, “DM AJ BK NATEK”, “Agro Asia Trade Servis”, “Grand Road Tashkent” va “Obod-dastur-qurilish” korxonalari ham eng yirik qarzdorlar qatoriga kirgan.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari
TOP-3:
Toshkent shahri – 492,2 mlrd soʻm;
Toshkent viloyati – 125,9 mlrd soʻm;
Andijon viloyati – 124,6 mlrd soʻm.