So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Qozogʻistondagi Forobiy universitetida turkiy madaniyat va meros markazi ochildi
2025-yil 7-aprel kuni Turk Madaniyati va Merosi Fondi va Forobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy Universitetining hamkorligi doirasida, Qozogʻiston Milliy fanlar Akademiyasining akademigi, mashhur turkshunos olim A.T. Qaydar nomidagi Turk Madaniyati va Merosi markazining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi.
Turkiy Madaniyat va meros Fondidan berilgan maʼlumotga koʻra, markazning ochilish marosimida nutq soʻzlagan Farabiy universiteti rektori Janseit Toʻmebayev universitetning ustuvor masalalaridan biri — turk xalqlari oʻrtasida koʻprik yaratish va kuchli aloqalarni shakllantirish ekanini taʼkidladi. U universitetning Filologiya fakulteti qoshida tashkil etilgan markazning shu maqsadda muvaffaqiyatli ish olib borishga ishonch bildirgan.
Turkiy Madaniyat va meros Fondi prezidenti Aktoti Raymkulova Turk dunyosining doʻstlik va birligini yaratish uchun faqat madaniy emas, balki maʼnaviy sohalarning ham rivojlanishiga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi. U, Turk dunyosining yorugʻ kelajagi uchun yosh avlodni hara tomonlama kamolga yetkazish lozimligini qayd etdi.
Talabalar markazda nafaqat Turk dunyosiga mansub boy madaniy meros va koʻp asrlik tarixga oid tadqiqotlar olib borishlari, balki xalqaro loyihalarda qatnashish imkoniyatiga ham ega boʻlishadi. Shunga qoʻshimcha ravishda, akademik dasturlar orqali dunyo boʻylab olimlar markazga kelishadi va oʻz bilimlari hamda tajribalarini baham koʻrishadi. Shuningdek, Forobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy Universiteti talabalari xorijiy universitetlarda amaliyot oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishadi va xorijiy kutubxonalardan foydalanish imkoniga ega boʻladilar.