So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Qirg‘izistonda masjidlar soni cheklanishi mumkin
Qirg‘iziston hukumati aholi punktlarida masjidlar, cherkovlar va boshqa diniy obyektlar soniga cheklov joriy qilmoqchi. Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Bu haqda 24.kg xabar berdi. 2021-yilda Qirg‘iziston hududida ilgari qurilgan, biroq rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan diniy obyektlarni hisobga olish boshlangan. Shuningdek, 644 ta diniy obyekt ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
2023-yil boshiga kelib, yana 200 dan ortiq diniy obyekt qurilayotgani ma’lum bo‘ldi. Har kuni diniy obyektlarni qurishni yakunlash uchun moliyaviy yordam so‘rab, mahalliy davlat hokimiyatlariga va o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yuborilayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda. Diniy obyektlar qurilishi aholi ehtiyojlari inobatga olinmasdan amalga oshirilmoqda. Ko‘pincha bir hududda 10 tagacha diniy obyekt bo‘lib, ular bir-biriga juda yaqin joylashgan, deyiladi xabarda.
Bu aholi punktlarida diniy obyektlarning maksimal sonini belgilash zaruratini tug‘dirmoqda. Hukumatning qaror loyihasida quyidagi parametrlarga asoslanib, diniy binolarni loyihalash taklif etilgan:
Qishloqlarda ularning orasidagi masofa kamida 2 kilometr bo‘lishi kerak;
Qishloq birliklarida — kamida 3 kilometr;
Shaharlarda — kamida 4 kilometr.
Agar loyiha ma’qullansa, bu me’yorlar allaqachon qurilgan diniy obyektlarga tatbiq etilmaydi.