So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa va Beruniy tumanlari orasida joylashgan Aqchakoʻl suv havzasida ona va uning ikki qizi choʻkib halok boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 23-iyul kuni soat 15:00 atrofida Beruniy tumanida yashovchi 38 yoshli erkak Aqchakoʻl koʻliga turmush oʻrtogʻi farzandlari va jiyanlari bilan dam olish maqsadida borgan. U koʻlga oʻzining shaxsiy qayigʻi bilan tushgan, biroq qayiq koʻl oʻrtasiga borganda ehtiyotsizlik oqibatida choʻkib ketgan.
Oqibatda erkakning 36 yoshli turmush oʻrtogʻi Z.R. hamda 10 va 13 yoshli qizlari suvga choʻkib, voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq Qashqadaryoda choʻmilish uchun daryoga borgan 61 yoshli ikki ayol oqib ketib, vafot etgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.