So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
“Yangi bank” faoliyati toʻxtatildi. Omonatchilarga pulni kim qaytaradi?
Markaziy bank “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatiga berilgan bank litsenziyasini bekor qildi. Qaror bank faoliyatida aniqlangan qonunbuzarliklar va belgilangan talablar bajarilmagani bilan izohlandi.
Markaziy bank “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qildi.
Ushbu qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermagani sababli qabul qilingan. Xususan, bankning ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talab darajasiga yetkazilmagani, shuningdek, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmagani qayd etilgan.
Bank faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, tugatish komissiyasi tayinlangan hamda unga tugatish jarayonlarini boshqarish boʻyicha vakolatlar yuklatilgan.
Shu munosabat bilan, “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatidagi omonatchilarning kafolatlangan omonatlari boʻyicha kompensatsiyalar qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan toʻlanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mavjud 32 526 nafar omonatchidan 32 153 nafariga kafolatlangan omonat summalari toʻliq qaytarib beriladi. Omonatlar boʻyicha aniq hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan alohida eʼlon qilinadi. Qolgan 373 nafar omonatchiga tegishli kafolatlangan mablagʻlarning ortgan qismi esa tugatish komissiyasi qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.