So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda turizm sohasida sezilarli o‘sish qayd etildi: 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va turizm xizmatlari eksporti 4,4 milliard AQSH dollariga yetdi. Shuningdek, ichki turizm faoliyati va yangi turistik infratuzilmalar mamlakatning iqtisodiy rivojiga katta hissa qo‘shdi.
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimiz turizm sohasida barqaror o‘sish kuzatildi. Shu davrda O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (o‘sish 114%), turizm xizmatlari eksporti esa 4,4 milliard AQSH dollariga yetdi (o‘sish 144%).
Ichki turizm sohasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil” dasturi doirasida aholining hududlarga 23,7 million marta tashrifi amalga oshirildi (rejaga nisbatan 114,8%). 954 ta yangi joylashtirish vositalari faoliyat boshlab, umumiy soni 6861 taga, olingan o‘rinlar soni 183,9 miңtaga yetdi. Shuningdek, 662 ta yangi turistik tashkilot va turagentlik ishga tushirildi, ularning soni 4348 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘ylab 4345 ta gid-ekskursovodlar faoliyat olib bormoqda, joriy yilda 375 nafar gid tayyorlandi.
Tadbirkorlik subyektlariga berilgan tavsiyalar natijasida 784 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi holati yaxshilandi. Investitsiya sohasida 421 ta loyiha amalga oshirilib, 6313 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim drayveri bo‘lib, mamlakatning xalqaro imidjini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va turizm xizmatlari eksportini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.