So`ngi yangiliklar
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Paxtachilik va g‘allachilikda intensiv texnologiyalar joriy etiladi: 2026 yil uchun yangi maqsadlar belgilandi
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
Prezident Farmoniga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini ortiqcha nazorat va asossiz aralashuvlardan himoya qilish maqsadida tekshiruvlarni olib borishning yangi qat’iy tartiblari joriy etildi.
“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025 y.)ga muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan tadbirkorlik subyektlarida nazorat tekshiruvlari faqat bodi-kameralar orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar kuchga kiradi:
— Import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari 9 oy (go‘sht va ho‘l meva-sabzavotlar 3 oy) davomida sotilmagan va qiymati BHMning 500 baravaridan ortiq bo‘lgan holatlar sayyor soliq tekshiruvi uchun asos hisoblanadi;
— Ko‘chmas mulk va qurilish materiallari bo‘yicha soliq bazasi bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanadi;
— O‘zbekistonda onlayn xizmat ko‘rsatuvchi va tovar sotuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organida ro‘yxatdan o‘tmagan taqdirda, 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tmasa, ularning faoliyati cheklanadi;
— Kameral tekshiruvda soliq organlari aniqlagan tafovut bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlar majburiy ko‘rib chiqiladi.
Bu choralar tadbirkorlik muhitini shaffoflashtirish va asossiz aralashuvlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.