So`ngi yangiliklar
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Paxtachilik va g‘allachilikda intensiv texnologiyalar joriy etiladi: 2026 yil uchun yangi maqsadlar belgilandi
Chiqindidan qarzdor abonentlar uchun elektr to‘lovi vaqtincha to‘xtatildi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Prezident farmoniga muvofiq, kelgusi yildan barcha yuridik shaxslar elektron to‘lovlarni yagona QR kod orqali qabul qilishga o‘tadi, 2026 yil 1 iyuldan esa bu talab majburiy hisoblanadi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun banklar tomonidan generatsiya qilinadigan yagona QR kodni joriy etishi kerak bo‘ladi.
2026 yil 1 iyuldan boshlab:
— yagona QR kod orqali to‘lovlarni qabul qilish barcha yuridik shaxslar uchun majburiy tartibda amal qiladi;
— QR koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish deb baholanadi.
Shuningdek, farmonga muvofiq:
— 2026 yil 1 yanvardan bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha tashqi savdo shartnomalarida muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yillik muddatga bir marotaba beriladi;
— 2026 yil 1 martdan soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlaridagi jismoniy shaxslar yillik daromad deklaratsiyasini taqdim etishni tajriba-sinov tariqasida boshlaydi.