So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
Prezidentning 2025 yil 11 dekabrdagi PQ–371-son qarori bilan axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Maxsus vakolatli organ va “Raqamli nazorat” platformasi orqali sohada monitoring va nazorat samaradorligi oshiriladi.
Raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini takomillashtirish asosiy choralari quyidagilar:
– Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
– Omma vositalari ro‘yxatga olinishi hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishi monitoring va nazorat qilinadi.
– Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 yanvargacha ishga tushiriladigan “Raqamli nazorat” platformasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
– Aholi istiqomat qilayotgan, jumladan olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish.
– Axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki to‘xtalish holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.
– Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilishini tashkil etish.