So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Prezidentning 2025 yil 11 dekabrdagi 373-son qarori bilan paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sportga qiziqishni oshirish, iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.
Qarorga ko‘ra, paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parataekvondo, parasuzish, parapauerlifting, parao‘q otish) rivojlantirishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
– Nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlariga qiziqishini oshirish va zarur shart-sharoitlarni yaratish.
– Terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olishning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish.
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning takomillashtirilgan tartibi:
– Nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sog‘lom sport guruhlarida ham shug‘ullanishi va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishiga sharoit yaratiladi.
– Haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim davlat sport maktablari paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi.
– Paralimpiyachilarni tayyorlashda ularning nogironlik toifasi (klassifikatsiyasi) barvaqt aniqlanadi.
– Paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning puxta tayyorgarligini ta’minlash uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida sport bazalari biriktiriladi.