So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
Naoya Inouega qarshi jang sentyabrda Tokioda boʻlib oʻtadi.
Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue jang boʻyicha kelishuvga erishdi. Jang 14-sentyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda boʻlib oʻtadi.
Matchroom boxing rahbari Eddi Hirn Instagram sahifasida Murodjon Ahmadaliyev bilan birga tushgan suratini joylashtirib, Inouega qarshi jang boʻyicha kelishuv amalga oshganini maʼlum qildi.
“Muzokaralar yakunlandi. Oʻzbek kuchiga qarshi Monstr! Diviziondagi eng zoʻr jang”, deb yozdi u.
Naoya Inoue 5-mayga oʻtar kechasi Las-Vegasda amerikalik bokschi Ramon Kardenas bilan ringga chiqadi. Gʻalaba qozongan taqdirda sentyabrda oʻz kamarlarini Murodjon Ahmadaliyevdan himoya qiladi.
Professional boksning yarimengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 30 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 2024-yil dekabrida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoni 3-raunddayoq nokautga uchratgandi. Jangdan keyin u mutlaq chempion Naoi Inoueni jangga chaqirgandi.
32 yoshli Naoya Inoue (29-0, 26 KO) super vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni, toʻrtta vazn toifasini zabt etishga muvaffaq boʻlgan va hech qachon magʻlub boʻlmagan bokschi hisoblanadi. Yaponiyalik bokschi Jahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik unvonlariga ega.