So`ngi yangiliklar
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Oʻzbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatini birgalikda oʻtkazish boʻyicha FIFAga ariza yubordi
Bu haqda UFA oʻz rasmiy telegram kanalida xabar berdi.
"FIFA 2027-yilda boʻlib oʻtadigan U-20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshladi. Soʻnggi yillarda turkiyzabon mamlakatlarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda xalqaro maydondagi nufuzdan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirgan holda oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surdi.
Bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Soʻnggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qoʻshimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor oʻtkazilgan futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini oʻtadi. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida eʼtirof etildi.
Yurtimiz har doimgidek oʻzining mehmondoʻstligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va, albatta, futbolsevar muxlislarning mehri bilan butun dunyo eʼtiborini qozonishga tayyor", - deb yozadi UFA rasmiy telegram kanali.