So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
“Strongmen Games”: Kuchlilar aniqlandi
12-13-iyun kunlari Xiva shahrida “Pahlavon Mahmud — Strongmen games” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur turnir Xiva shahrida 5-marotaba oʻtkazildi. Musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, Turizm Qoʻmitasi, Xalqaro Strongmen Federatsiyasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan.
Xususan, bu yilgi bahslarda 20 ta mamlakatdan 22 nafar bahodirlar qatnashdi. Avstraliya, Eron, Misr, Xitoy, Pokiston, Gretsiya, Turkiya, Hindiston, Litva, Gruziya, Ozarbayjon, Chexiya, Ispaniya, Tojikiston va Qirgʻiziston kabi davlatlar shular jumlasidan.
Joriy yilgi Pahlavon Mahmud hotirasiga bagʻishlangan “Strongmen games” boʻyicha 5-halqaro musobaqaning oʻtkazilish manziliga oʻzgartirish kiritildi. Bu safargi turnir Arda Xiva majmuasida oʻtkazildi
Maʼlumot uchun, Arda Xiva turistik majmuasi yiliga 3 milliongacha tashrif buyuruvchini qabul qilishga va bir vaqtning oʻzida 2 ming kishini ish bilan taʼminlashga moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, xalqaro musobaqa sport turizmi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tashqi va ichki bozorlarda Oʻzbekistonning turistik salohiyati va imkoniyatlarini targʻib qilish, Oʻzbekiston yoshlarini sportga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Taʼkidlab oʻtish lozimki, turnir davomidagi oʻtkaziladigan baxs shartlari mahalliy urf-odatlar, ekologiya va atrof muhitni himoya qilish, turizmni rivojlantirish masalalarini keng targʻib qilish nuqtayi nazaridan ishlab chiqilgan.
Xalqaro turnirda pahlavonlar jami 7 ta shart boʻyicha bahs olib borishdi. Unda oʻzbekistonlik sportchilar 2-oʻrinni, eronlik ishtirokchi 1-oʻrinni va litvalik ishtirokchi esa 3-oʻrinni egalladi.