So`ngi yangiliklar
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Tramp Jahon iqtisodiy forumi doirasida Davosda soʻzga chiqib, Yevropa davlatlari siyosatiga tanqidiy baho berdi hamda Grenlandiya masalasi boʻyicha oʻz pozitsiyasini ochiq bayon qildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Davosda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumida Yevropa siyosati, Ukrainadagi urush, Grenlandiya masalasi hamda AQSHning tashqi va iqtisodiy strategiyasiga oid keskin bayonotlar bilan chiqdi. U Yevropa davlatlarini notoʻgʻri yoʻlda ketayapti, deya tanqid qildi, Grenlandiya boʻyicha muzokaralarni boshlash niyatini bildirdi va Ukraina inqirozini hal etishda asosiy masʼuliyat Yevropa zimmasiga tushishini taʼkidladi.
Yevropa haqida
AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlaridagi hozirgi vaziyatni tanqid qilib, qator mamlakatlar avvalgi qiyofasini yoʻqotayotganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa hududlarining ayrim qismlari bugungi kunda tanib boʻlmas darajada oʻzgargan.
Tramp Yevropa farovon boʻlishini istashini, biroq qitʼa notoʻgʻri yoʻnalishda harakatlanayotganini bildirdi.
U Gʻarbda iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash deb hisoblanayotgan siyosat — davlat xarajatlarini cheksiz oshirish, nazoratsiz ommaviy migratsiya va doimiy importga suyanishni samarasiz yondashuv sifatida baholadi.
Yevropa energiya siyosati haqida
AQSH prezidenti Yevropa va Buyuk Britaniyani oʻz tabiiy resurslaridan toʻliq foydalanmayotganlikda aybladi. U Shimoliy dengiz sohilida joylashgan mamlakatlar ulkan energetik zaxiralarga ega ekaniga qaramay, ulardan foydalanmayotganini taʼkidladi.
Trampning fikricha, aynan shu omil Yevropa davlatlarida energiya tanqisligi va narxlarning keskin oshishiga sabab boʻlgan.
Grenlandiya masalasi
Donald Tramp AQSH Ikkinchi jahon urushidan keyin Grenlandiyani Daniyaga qoldirib, notoʻgʻri qaror qabul qilganini bildirdi.
Uning aytishicha, Vashington ushbu hududni saqlab qolishi mumkin edi, biroq bunday qilinmagan.
Prezident Grenlandiyani xarid qilish boʻyicha muzokaralarni boshlash niyati borligini taʼkidlar ekan, bu maqsadda harbiy kuch ishlatish rejasi yoʻqligini alohida qayd etdi.
Ukrainadagi urush haqida
AQSH rahbari Ukrainada davom etayotgan qurolli toʻqnashuvni “qonli qirgʻin” deb atab, uni tezroq toʻxtatish niyati borligini bildirdi.
Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik kelishuviga tayyor, degan fikrni ilgari surdi.
NATO va Yevropa masʼuliyati haqida
Trampning aytishicha, Ukraina atrofidagi inqirozni hal etishda asosiy masʼuliyat NATO va Yevropa davlatlari zimmasiga tushadi.
U AQSH geografik jihatdan mintaqadan uzoq ekanini va bu masalada bevosita ishtirok etishi shart emasligini taʼkidladi.
Boshqa bayonotlar
Donald Tramp Venesueladagi vaziyatni ijobiy baholab, AQSH bu mamlakat bilan hamkorlikni qadrlashini aytdi. Shuningdek, u AQSHni jahon iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida taʼrifladi va Amerika iqtisodiy oʻsishi boshqa davlatlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatishini qayd etdi.
Prezident tashqi savdoda joriy etilayotgan bojlar AQSHga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, maʼmuriyat bir yil ichida federal xarajatlarni 100 milliard dollarga qisqartirgan, tabiiy gaz ishlab chiqarish esa tarixiy eng yuqori koʻrsatkichga yetgan.