So`ngi yangiliklar
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Triatlon bo'yicha eng yaxshilar aniqlandi
Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turistik majmuasida sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi "25 Jahon chempionati”ning ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida elite va senoir yo‘nalishining sovrindorlari aniqlandi.
Qiziqarli o‘tgan belllashuvlar natijasiga ko‘ra, fransiyalik Matilda Gote (Fransiya) chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. U marra chizig‘ini 56 daqiqa, 47 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
G‘olibdan 24 soniya ortda qolgan Djasha Vratchich (Sloveniya) ikkinchi o‘rin sohibasiga aylandi.
Sovrindolarlar uchligini esa yana bir fransiyalik sportchi Siliya Marl yakunlab berdi. Uning uchta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatgpn natijasi 58 daqiqa, 06 soniyani tashkil etdi.
Mazkur yo‘nalishda hamyurtlarimizdan eng yaxshi natija Alina Hakimova tomonidan qayd etildi va u marra chizig‘ini beshinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Senior yo‘nalishidagi yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Anastasiya Abrosimova (Rossiya) - 1.04.24.
2. Sara Graves (Kanada) - 1.06.14.
3. Loreto Pastor Sopelana (Ispaniya) - 1.07.23.