So`ngi yangiliklar
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Liverpul ringlarida dastlabki g‘alaba: Erkinboyevdan oltin, oldinda 7 final
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi. Fazliddin Erkinboyevning zafarli g‘alabasi ortidan hamyurtlarimiz yana 7 final jangini kutib turibdi.
Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan ilk Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 75 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev finalda bulg‘oristonlik Rami Kivanni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va yurtimiz hisobini ochdi.
13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda ayol bokschilarimiz yarimfinalda mag‘lubiyatga uchrab, umumiy hisobda 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Sabina Boboqulova (48 kg) qozog‘istonlik Nazim Qizaybayga, Feruza Kazakova (51 kg) turkiyalik Bo‘sanoz Chaqiro‘g‘luga, Aziza Zokirova (70 kg) esa avstraliyalik Likeysha Pergolitiga mag‘lub bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida esa 85 kg vazn toifasida Akmaljon Isroilov avstriyalik Maykl Derush ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Chempionatning hal qiluvchi kunida yurtimizning yana 7 nafar bokschisi oltin medal uchun ringga chiqadi:
65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Yuriy Falkao Dos Reys (Braziliya)
80 kg: Javohir Ummataliyev – Yojerlin Sezar (Fransiya)
90 kg: To‘rabek Habibullayev – Isayas Filyo (Braziliya)
60 kg: Abdumalik Xaloqov – Luiz Gabriel de Oliveyra (Braziliya)
65 kg (ayollar): Navbahor Hamidova – Aida Abikeyeva (Qozog‘iston)
85 kg: Akmaljon Isroilov – Tign Stott (Angliya)
90+ kg: Jahongir Zokirov – Oybek O‘ralboy (Qozog‘iston)
Shu bilan birga, Qozog‘iston ham 8 nafar bokschi bilan finalga chiqdi. Ularning ikki nafari o‘zbekistonlik sportchilarga raqib bo‘ladi. Braziliyaning to‘rt nafar finalchisi (uch erkak va bir ayol) ham yurtimiz bokschilariga qarshi bahs olib boradi.