So`ngi yangiliklar
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlandi
Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali safar qildi
Moskva viloyati maktablaridan birida 10 yoshli bola pichoqli hujum oqibatida halok bo‘ldi
“An Istanbul Story” — Istanbulning yangi ruhi zamonaviy hikoya orqali namoyon bo‘ldi
Konstitutsiyaviy shikoyat instituti samaradorligi oshiriladi
Tadbirkorlik sohasida 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilindi
O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda – SSV
15 dekabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlandi
Adliya vazirligi kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Ushbu tartibga ko‘ra, akkreditatsiya jarayoni 7 ta yo‘nalish, 37 ta mezon va 203 ta indikator asosida amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3726, 2025 yil 17 dekabr).
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga muvofiq, professional (kasbiy) ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda ta’lim dasturlariga muvofiqligi jihatidan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, tasdiqlangan idoraviy hujjat bilan kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilangan. Ular 7 ta yo‘nalish doirasidagi 37 ta mezonni qamrab oladi.
Indikatorlar tarkibida 12 ta (5,9 foiz) majburiy indikator hamda 191 ta (94,1 foiz) umumiy indikator mavjud. Majburiy indikatorlarga, jumladan, kutubxonani o‘quvchilar kontingentiga mos o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, ta’lim dasturlari va o‘quvchilar soniga mos bino-inshootlarning mavjudligi kiradi. Umumiy indikatorlar esa o‘quv xonalarining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagoglar va o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Baholash natijalari «muvofiq» yoki «muvofiq emas» shaklida belgilanadi. Shu bilan birga:
indikatorlarning 50 foizigacha qismi «muvofiq» deb baholansa, mezon «muvofiq emas» deb topiladi;
50 foizdan 60 foizgacha bo‘lgan holatda mezon «qisman muvofiq» deb baholanadi;
60 foiz va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa, mezon «muvofiq» hisoblanadi.
Muhim jihat shundaki, agar biror majburiy indikator «muvofiq emas» deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, tegishli mezon ham «muvofiq emas» deb baholanadi.