So`ngi yangiliklar
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlandi
Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali safar qildi
Moskva viloyati maktablaridan birida 10 yoshli bola pichoqli hujum oqibatida halok bo‘ldi
“An Istanbul Story” — Istanbulning yangi ruhi zamonaviy hikoya orqali namoyon bo‘ldi
Konstitutsiyaviy shikoyat instituti samaradorligi oshiriladi
Tadbirkorlik sohasida 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilindi
O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda – SSV
15 dekabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
“An Istanbul Story” — Istanbulning yangi ruhi zamonaviy hikoya orqali namoyon bo‘ldi
GoTürkiye tomonidan taqdim etilgan “An Istanbul Story” mini seriali Istanbulning betakror manzaralari va boy madaniy merosini zamonaviy kino hikoyasi orqali jahon tomoshabinlariga taqdim etmoqda.
GoTürkiye o‘zining to‘rtinchi mini seriali — “An Istanbul Story” ni keng jamoatchilikka taqdim etdi. Loyiha Turkiyaning boy madaniy merosi va Istanbulning maftunkor muhitini zamonaviy hikoya uslubida aks ettirib, shaharning yangi qiyofasini ochib beradi.
Ay Yapım tomonidan suratga olingan 10 qismli serialning bosh rollarini taniqli aktyorlar Ozan Akbaba va Sinem Unsal ijro etgan. Ular yaratgan obrazlar Istanbulning kosmopolit ruhi bilan uyg‘unlashib, serialga tabiiylik va estetik joziba bag‘ishlaydi.
Syujet markazida dastlab bir-biri bilan chiqisha olmaydigan, ammo bir loyihada birga ishlashga majbur bo‘lgan ikki hamkasb — Duru va Selim munosabatlari turadi. Kutilmagan voqealar silsilasi ular o‘rtasidagi aloqalarni asta-sekin chuqurlashtiradi. Sharq va G‘arb tutashgan Istanbul muhiti esa hikoyaga alohida ritm, rang-baranglik va go‘zallik qo‘shadi.
Turkiya turizmni targ‘ib qilish va rivojlantirish agentligi (TGA)ning GoTürkiye brendi ostida ishlab chiqilgan serial Beyog‘li, Nishantashi, Galata Kuledibi, Bosfor sohillari va Kirechburun kabi mashhur maskanlarda suratga olingan.
Loyiha taniqli rejissyor Hilal Saral hamda zamonaviy hikoyanavislikda yangi iste’dod sifatida tanilayotgan ssenariy muallifi Kemal Hamamji o‘g‘lining ijodiy hamkorligi mahsuli hisoblanadi. Serial g‘oyasi esa bitta jumlada mujassam:
“Unutilmas voqealar boshqa hech qayerda yuz bermay