So`ngi yangiliklar
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlandi
Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali safar qildi
Moskva viloyati maktablaridan birida 10 yoshli bola pichoqli hujum oqibatida halok bo‘ldi
“An Istanbul Story” — Istanbulning yangi ruhi zamonaviy hikoya orqali namoyon bo‘ldi
Konstitutsiyaviy shikoyat instituti samaradorligi oshiriladi
Tadbirkorlik sohasida 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilindi
O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda – SSV
15 dekabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Moskva viloyati maktablaridan birida 10 yoshli bola pichoqli hujum oqibatida halok bo‘ldi
Moskva viloyatidagi umumta’lim maktablaridan birida pichoqli hujum sodir etildi. Hodisa oqibatida tojik millatiga mansub 10 yoshli o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi, gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Marhum bolaning jasadi Tojikistonga olib kelingan. Fojia Rossiya va Tojikiston xavfsizlik idoralari miqyosida muhokama qilinmoqda.
Odinsovo rayonidagi Gorki-2 aholi punktida joylashgan maktabda o‘smir maktab o‘quvchilariga pichoq bilan hujum qildi. Hodisa vaqtida maktabda ta’lim olayotgan bolalardan biri, 10 yoshli Qobiljon, halok bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qobiljon maktabning 4-sinfida tahsil olgan va tojik millatiga mansub bo‘lgan.
Hujumchi o‘smir tezkorlik bilan qo‘lga olindi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 15 yoshli Timofey K. bo‘lib, maktabning yuqori sinflaridan birida o‘qigan. U hujumdan oldin sinfdoshlaridan qaysi millatga mansubligini so‘ragani xabar qilinmoqda.
Tergov organlari hodisa yuzasidan qotillik va suiqasd moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Shuningdek, gumonlanuvchining harakat motivlari va maktabdagi xavfsizlik choralari tekshirilmoqda.
Marhum bolaning jasadi rasmiy tartibda Tojikistonga olib kelingan. Rossiya va Tojikiston xavfsizlik idoralari bu masalani ham muhokama qilgan. Xususan, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov hodisani juda og‘ir fojia deb baholadi va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha sabab va omillarni o‘rganish muhimligini ta’kidladi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda va rasmiy ma’lumotlar tekshiruv yakunlaridan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.