Qidirish

11:19 / 2025-12-18 58 0 Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali safar qildi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Urgutga Samarqanddan yangi qurilgan temiryo‘l orqali yetib bordi. Yangi liniya yo‘lovchi va tadbirkorlar uchun masofa hamda xarajatlarni kamaytirib, Urgutdagi erkin iqtisodiy zonaning rivojiga xizmat qiladi.

world-news

“Samarqand – Urgut” yangi temiryo‘l liniyasi 2025 yil fevralda qurilishga kirishilgan bo‘lib, uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 2 ta vokzal, Urgut iqtisodiy zonasida 2 ta yuk stansiyasi va bir qator ko‘priklar barpo etilgan, kelgusida liniyani to‘liq elektrlashtirish rejalashtirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva shuningdek, O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishdi. Yangi logistika markazi kuniga 100 tagacha yuk avtomobillari uchun xizmat ko‘rsatishi va bojxona jarayonlarida byurokratiyani qisqartirish, tezlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.

Diagnostika markazi 200 nafar bemor, savdo markazi esa 800 nafar tadbirkor uchun moslashtirilgan. Bu orqali Tojikiston fuqarolari ham hujjatbozlik va navbatlarsiz savdo qilish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish