Qidirish

22:27 / 2025-12-09 68 0 Jamiyat

Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi

2026 yil 1 yanvardan 33 ta tuman va shaharda davlat organlarida rahbarlar uchun rotatsiya tizimi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra, rahbarlar har 5 yilda boshqa hududga rotatsiya qilinadi va ularning faoliyati elektron platforma orqali onlayn monitoring qilinadi.

world-news

“Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–243-son, 06.12.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi besh darajaga ajratiladi: konstitutsiyaviy va milliy, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy, tuman (shahar) va mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.

Rotatsiya tizimi quyidagicha amalga oshiriladi:

▶️ Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi.
▶️ Rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi.
▶️ Rotatsiyadan oldin rahbarlar hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi.
▶️ Yangi hududdagi faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.

Farmonning amalga oshirilishi davlat organlarida samarali boshqaruvni ta’minlash va kadrlar rotatsiyasi orqali tajriba almashinuvini kengaytirishga qaratilgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish