So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Humans ilovasi orqali foydalanuvchilarning kartalaridan ruxsatsiz pul yechib olingani haqidagi ko‘plab murojaatlardan so‘ng Markaziy bank vaziyat yuzasidan izoh berdi va Paylov (Octogram) orqali to‘lov xizmatlarini vaqtincha to‘xtatdi.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Humans mobil ilovasiga biriktirilgan Uzcard va Humo kartalaridan foydalanuvchilarning ruxsatisiz mablag‘lar yechib olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Yuzlab mijozlar bu holatdan jabrlanganini, ayrim foydalanuvchilar esa 20–30 million so‘mgacha mablag‘ini yo‘qotganini ma’lum qilgan. Humans kompaniyasi hali bu borada rasmiy bayonot bermagan.
Markaziy bank rasmiy bayonotiga ko‘ra, Humans xizmatlari “Octogram” AJ (Paylov brendi) bilan 2025 yil 10 aprelda imzolangan 32-sonli shartnoma asosida amalga oshiriladi. 8 dekabr kuni soat 08:30 da fuqarolardan Humans ilova orqali mablag‘lar noqonuniy yechib olingani haqida murojaatlar kelib tusha boshlagan.
Regulyator shundan so‘ng darhol “Octogram” bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablari buzilgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda Humans orqali barcha P2P amaliyotlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 9 dekabr holatiga kelib, Humans ilovasi orqali Paylov tomonidan ko‘rsatiladigan barcha to‘lov xizmatlari to‘liq to‘xtatilgan.
Shu bilan birga, Uzcard va Humo kartalari orqali boshqa banklar va to‘lov tizimlari ilovalarida to‘lov va o‘tkazmalar odatiy tartibda amal qilib turibdi.
Ayni paytda Markaziy bank tomonidan tezkor tekshiruv boshlangan. Barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va Humans hamda Octogram platformalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik to‘liq o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy axborot e’lon qilinishi belgilangan.