So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
O‘zbekistonning 38 ta universiteti UI GreenMetric 2025ning top-1000 taligiga kirdi
Tayvanda e’lon qilingan UI GreenMetric 2025 xalqaro ekologik barqarorlik reytingida O‘zbekistonning 38 ta oliy ta’lim muassasasi dunyo universitetlari orasida top-1000 talikdan o‘rin oldi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro ekologik barqarorlik baholashida sezilarli yutuqqa erishdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilgi UI GreenMetric 2025 reytingida mamlakatning 38 ta universiteti dunyoning eng “yashil” mingtalik OTMlari qatoriga kirdi.
5 dekabr kuni Tayvanda UI GreenMetric 2025ning rasmiy natijalari taqdim etildi. Bu yilgi tadqiqotda 105 mamlakatdan 1745 ta universitet ishtirok etdi, shu jumladan O‘zbekistondan — 79 ta OTM. Ular orasidan 38 tasi birinchi mingtalik ro‘yxatidan joy oldi.
Vazirlik ma’lumotida ta’kidlanishicha, 2025 yilning mamlakatda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi fonida O‘zbekiston universitetlarining xalqaro ekologik initsiativalardagi ishtiroki yanada kuchaygan. UI GreenMetricdagi yuqori natijalar oliy ta’lim muassasalarida ekologik madaniyat, barqaror infratuzilma va xalqaro standartlarga mos faoliyatning amaliy ko‘rinishi sifatida qayd etildi.
Ma’lumot uchun, UI GreenMetric reytingi 2010 yildan beri Indoneziya universiteti tomonidan o‘tkazilib, dunyo OTMlarining barqaror rivojlanish va ekologik siyosatga bo‘lgan munosabatini baholashga qaratilgan. Reyting tuzuvchilarning maqsadi — jamiyat e’tiborini ekologik muammolarga yechim topish va atrof-muhitni asrash borasidagi siyosatlarni rivojlantirishga qaratilgan.