So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
Yangi qabul qilingan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarni vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish, homiladorlik va ishsizlik holatlaridan himoya qilish, tadbirkorlar yuklamasini qisqartirish hamda norasmiy bandlikni legallashtirishni maqsad qiladi.
O‘zbekistonda “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolar va tadbirkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan muhim qadam sifatida qabul qilindi. Hujjatning asosiy maqsadi – fuqarolar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganida yoki ishsiz qolganida ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikka tushish xavfini kamaytirish va tadbirkorlar uchun homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda ishdan bo‘shatish nafaqalari bo‘yicha ortiqcha yuklamani qisqartirishdir. Shuningdek, qonun norasmiy bandlikni legallashtirish va mehnat bozori barqarorligini ta’minlashni ham nazarda tutadi.
Aholini sug‘urtalash tartibi:
— Majburiy asosda – mehnat shartnomasi bo‘yicha band bo‘lgan xodimlar;
— Ixtiyoriy asosda – yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, dehqon xo‘jaligi va tomorqada ishlovchilar, shuningdek, chet elda ishlaydigan fuqarolar.
Sug‘urta to‘lovlari:
— Gomiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari – fuqaro murojaatisiz, “proaktiv” shaklda;
— Ishdan bo‘shash nafaqasi – fuqaronning murojaati asosida.
Qonunda belgilangan nafaqa turlari:
— Ayollarning homiladorlik va tug‘ish davri uchun nafaqasi;
— Xodim kasalligi sababli vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davri uchun nafaqa;
— Xodim ishdan bo‘shagan taqdirda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning 2025 yil 3 noyabrdagi PF–206-son farmoniga muvofiq, Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali:
— 2026 yil 1 yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
— 2026 yil 1 iyuldan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
— 2030 yil 1 yanvardan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi joriy etiladi.